» » Olimlar Yer iqlimi endi hech qachon avvalgidek bo‘lmasligini ma’lum qildi

Olimlar Yer iqlimi endi hech qachon avvalgidek bo‘lmasligini ma’lum qildi


Grenlandiya muzliklari ortga qaytib bo‘lmas nuqtadan o‘tib ketdi va endi Yer iqlimining o‘zgarishi to‘xtasa ham, muz qoplamalari qisqarishda davom etadi. Bu boradagi tegishli tadqiqot natijalari Nature Communications Earth and Environment jurnalida chop etildi.

Olimlar tadqiqot davomida Grenlandiyada joylashgan 200 ta yirik muzlikning sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini ko‘rib chiqqan. Mutaxassislarning xulosasicha, muzliklarga har yili yog‘adigan qorlar eriyotgan muzlarga bog‘liq yo‘qotishlarni qoplamay qo‘ygan.

Ta’kidlanishicha, 2000-yillarda muzlarning erishi keskin ortib ketgan, ularning manbasi esa yo‘qolgan. Muzliklar shu qadar kichrayib ketganki, muzning asosiy qismi okean osti bilan aloqani uzgan, hozirda shunchaki iliq okean suvi bilan yuvilmoqda. Bu esa ularning erishiga yanada yordamlashmoqda.

2019-yilda Grenlandiya muzliklarining erishi shu qadar kuchli bo‘lganki, ikki oy ichida okean sathi 2,2 millimetrga ko‘tarilgan.

Avvalroq so‘nggi uch o‘n yillikda Janubiy qutbdagi harorat global o‘rtacha ko‘rsatkichdan uch baravarga ko‘tarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Antarktidada “yashil qor” paydo bo‘ldi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют