» » Lukashenko Putin bilan Belarusdagi norozilik namoyishlari haqida suhbatlashdi

Lukashenko Putin bilan Belarusdagi norozilik namoyishlari haqida suhbatlashdi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashdi. Lukashenko Rossiya rahbari bilan mamlakatda va uning atrofida rivojlanayotgan vaziyatni muhokama qildi, deya xabar bermoqda Belarus prezidenti matbuot xizmati.

Suhbat tafsilotlari hozircha noma’lum. Ma’lum qilinishicha, 15-avgust kuni Lukashenko Minskdagi yig‘ilishda shunday degan: “Hozir Rossiya prezidenti Putin bilan bog‘lanishim kerak, men hozir u bilan gaplasha olaman. Chunki bu (mamlakatdagi jarayon) nafaqat Belarus uchun xavf tug‘diradi… Agar Belarusda muvaffaqiyatsizlik bilan tugasa, bu namoyishlar u yerda (Rossiyada) ham jonlanadi”.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Belarus tajovuz va tashqi aralashuvga duch kelmoqda, mamlakatda “rangli inqilob qo‘llanmalari” qo‘llanilmoqda.

Belarus prezidenti saylovi kampaniyasi davomida amaldagi prezidentga raqobatchi bo‘lgan nomzodlarga turli tazyiqlar va ta’qiblar uyushtirildi. Mamlakatda Aleksandr Lukashenkoning raqiblarini qo‘llab-quvvatlash uchun mitinglar bo‘lib o‘tdi.

Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifot nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,09 foiz ovoz olgan.

Natijalar e’lon qilingach, Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.

Svetlana Tixanovskayaning shtabi 10-avgust kuni kechasi u Belarus Markaziy saylov komissiyasiga borganidan so‘ng yo‘qolib qolganini bildirgan. Kechga yaqin Tixanovskaya aloqaga chiqqan, biroq qayerda ekanligini oshkor etmagan. Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi Svetlana Tixanovskayaga uyushtirilgan suiqasdning oldi olinganini ma’lum qilgan.

11-avgust kuni Tixanovskaya Belarusdan chiqib ketgani va Litvada ekanligi ma’lum bo‘ldi. Uning shtabi tomonidan ma’lum qilinishicha, prezidentlikka nomzod bu ishni o‘z xohishi bilan qilmagan, balki shtab rahbari Mariya Morozning ozod etilishi evaziga hukumat bosimi ostida amalga oshirgan.

Shuningdek, 11-avgust kuni Tixanovskayaning videomurojaati e’lon qilingan. Unda Tixanovskaya o‘zining ketishi “og‘ir qaror” bo‘lganini ma’lum qilgan. “Men duch kelgan bunday tanlovda qolishni Xudo ko‘rsatmasin”, — degan Tixanovskaya.

Keyinroq Belarus hukumati tarafdori bo‘lgan Telegram kanal Tixanovskayaning boshqa bir videomurojaatini e’lon qildi. Nomzod mazkur murojaatda kameraga qaramasdan, varaqdan o‘z tarafdorlariga qaratilgan va namoyishlarni to‘xtatish haqidagi chaqiruvni o‘qib bergan.

Hozirda Litva hukumati tomonidan Svetlana Tixanovskayaga boshpana va qo‘riqchilar taqdim etilgan.

Aleksandr Lukashenkodan tashqari, prezidentlikka nomzodlarning barchasi saylov natijalaridan noroziligini bildirib, mamlakat Markaziy saylov komissiyasiga shikoyat kiritgan.

Belarusda 9-avgustdan buyon norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют