» » Bloomberg Trampning boyligida eng katta pasayish kuzatilganini ma’lum qildi

Bloomberg Trampning boyligida eng katta pasayish kuzatilganini ma’lum qildi


So‘nggi bir yil ichida AQSh prezidenti Donald Trampning sof boyligi (qarzlardan tashqari) 10 foizga yoki 300 million dollarga kamaydi, bu uning Oq uydagi faoliyati davomida eng yomon pasayish bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Bloomberg Billionaires Index’ning tuzuvchilariga ko‘ra, Tramp prezident etib saylanganida 3 milliard dollarga ega edi, garchi uning o‘zi 10 milliard dollarga egaligini da’vo qilsa ham, o‘shandan beri uning boyligi goh ko‘payib, goh pasaygan. Ammo yangi saylovlar arafasida uning boyligi 2,7 milliard dollarga tushib ketgan.

Bloomberg ekspertlari Trumpning 540 million dollarlik qarzlarini olib tashlab, uning aktivlarini aynan shu miqdorda baholagan.

“Bloomberg 2015-yilda Trampning boyligini kuzatishni boshlaganidan beri bu eng chuqur pasayish bo‘ldi. Bularning barchasi Trump Organization kompaniyasining ofis binolari portfelidagi daromadlarning pasayishi bilan boshlandi, keyin vaziyat koronavirus pandemiyasining ko‘chmas mulk bozorlariga ta’siri tufayli yanada og‘irlashdi”, — deya ta’kidlagan Bloomberg.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Trampga Nyu-Yorkning Beshinchi avenyusidagi mashhur Trump Tower, Uoll stritdagi 70 qavatli Trump Building va boshqa binolar qiymatining pasayishi eng ko‘p ta’sir ko‘rsatdi. Bloomberg Manxettendagi ko‘chmas mulkni doimiy ravishda pul keltiradigan “ishchi otlar” deb atagan. Biroq 2018-yilda Trump Organization o‘zining asosiy ijarachilaridan birini yo‘qotdi — Nike kompaniyasi 57-ko‘chada joylashgan va Niketown deb ataladigan ulkan binodan ko‘chib chiqdi. Bloomberg’ning ta’kidlashicha, ilgari Forbes 253 million dollarga baholangan bino uchun yangi ijarachini topish, ayniqsa Nyu-Yorkdagi chakana savdoga COVID-19 bergan zarbadan keyin juda qiyin bo‘lgan.

Shu bilan birga, Trampga tegishli golf maydonlarining narxi tushdi, Bloomberg buni AQShdagi yoshlar orasida golf o‘z mashhurligini yo‘qotayotgani bilan izohlaydi.

Shu bilan birga, Bloomberg Trampning biznesida ijobiy holatlar mavjudligini ta’kidlaydi. Prezidentning shaxsiyati nisbatan turli munosabatlarga qaramay, Trump brendi biznesi o‘tgan yil davomida unga o‘nlab million dollar daromad keltirdi. Uning mehmonxonalari va golf klublari respublikachilar orasida mashhur bo‘lib kelmoqda va qo‘shimcha ravishda prezidentning qo‘riqchilari va xodimlari bilan birga u yerda bo‘lish uchun g‘azna tomonidan qilinadigan to‘lov natijasida katta moliyaviy yordam oladi. Shuningdek, Tramp 1987-yilda chiqarilgan “Bitimlar tuzish san’ati” kitobini sotishdan 1 million dollar ishlab topdi.

Forbes jurnali mutaxassislari kapitalni baholashning boshqa metodologiyasidan foydalangan holda, Trampning boyligini ayni vaqtda 2,1 milliard dollarga baholamoqda. 2019-yil oktabrida e’lon qilingan eng boy amerikaliklar reytingida prezidentning boyligi 3,1 milliard dollarga baholangandi. Shunga qaramay, 2020-yil aprel oyida Forbes o‘z bahosini pasaytirdi. Uning bahosi darhol 1 milliard dollarga pasaydi, bu COVID-19 pandemiyasi sabab bo‘lgan inqiroz bilan bog‘landi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют