» »  Foto: “Vasabi” filmi aktyorlari 19 yil ichida qanday o‘zgardi?

 Foto: “Vasabi” filmi aktyorlari 19 yil ichida qanday o‘zgardi?


Rejissor Lyuk Bessonning 2001-yilda suratga olingan “Vasabi” filmi eng yaxshi filmlar ro‘yxatidan joy olgan. Ushbu film qahramonlari 19 yildan so‘ng qanday ko‘rinishga ega ekanligi ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy.

“Taksi-2” filmining muvaffaqiyatdan ilhomlangan Lyuk Besson yangi komediya uchun ssenariy yozadi. Bu kartinada fransuz politsiyasiga duch keladigan yapon mafiyasi emas, aksincha fransuz politsiyasining Yaponiyaga do‘stona tashrifi haqida hikoya qiladi.

Bosh rolga Bessonning sevimli aktyorlaridan biri Jan Reno taklif qilindi. O‘sha paytda u 52 yoshda, mukammal jismoniy ko‘rinish va mashhurlik cho‘qqisida edi. Xushyor va adolatsizlikka chidolmaydigan komissar Yuber Forentin roli aynan u uchun yozilgan.

Hozir aktyor 72 yoshda, u filmni haliyam eslaydi va yaxshi ko‘radi. U endilikda filmlarda kam suratga tushyapti.

Yuberning to‘satdan paydo bo‘lgan qizi Yumi rolini aktrisa Rioko Xirosyue o‘ynagan. U 19 yoshda aktrisalik karyerasini boshlagan edi.

Hozir Rioko 39 yoshda. O‘tgan yillarda u turmushga chiqdi va ajrashdi. Ikki farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyaladi. U haliyam filmlarda suratga tushyapti. Hozirda u qo‘shiqchi sifatida albomlar chiqargan va vatanida juda mashhur.

Yuber Forentinning do‘sti Momo rolini aktyor Mishel Myuller ijro etgan. U asli avstraliyalik va professional aktyor ham emas. Ma’lumoti bo‘yicha matematika o‘qituvchisi. U maktabga Qorbobo kiyimida kelib, noo‘rin xatti-harakati uchun ishdan bo‘shatilgan. Keyin u pyesalar yoza boshlagan va ularni kichik xususiy teatrlarda sahnalashtirgan. Uni ko‘rganlar kinoga taklif etgan. Shunday qilib, Mishel birinchi Bessonning “Taksi-2”, keyin “Vasabi” filmlarida rol o‘ynadi.

Hozir aktyor 53 yoshda. Uning ishtirokidagi oxirgi film 2017-yilda namoyish etilgan.

Filmda Yuber bilan munosabatlarini o‘rnatmoqchi bo‘lgan ayol rolini Karol Buke ijro etgan. O‘shanda aktrisa 42 yoshda va Jerar Deparde bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan, ammo ular 2005-yilda ajrashgan.

Aktrisa, asosan, epizodik rollarni o‘ynagani uchun uning aktrisalik karyerasini muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Uning ishtirokidagi oxirgi film 2017-yilda namoyish etilgan.

Yovuz jinoyatchi rolini yapon aktyori Yosi Oida ijro etgan. U o‘shanda 68 yoshda — filmdagi eng keksa aktyor edi.

Hozir u 87 yoshda. Tokioda yashaydi. Uning ijrosidagi oxirgi film 2017-yilda taqdim etilgan.

Notariusning rolini yaponiyalik aktyor Xirata Xaruxiko o‘ynagan. “Taksi-2” va “Vasabi” kartinasidan so‘ng u filmlarda juda kam suratga tushdi.

Hozirda u 73 yoshda. Tokioda yashaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют