» » Ufadagi cherkovda o‘g‘rilik sodir etgan 23 yoshli o‘zbekistonlik sudga berildi

Ufadagi cherkovda o‘g‘rilik sodir etgan 23 yoshli o‘zbekistonlik sudga berildi


Rossiyaning Ufa shahridagi ibodatxonada o‘g‘rilik sodir etgan 23 yoshli o‘zbekistonlik sudga berildi. Bu haqda Boshqirdiston prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib “AIF” xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘g‘rilik 2020-yilning yanvar oyida sodir etilgan. O‘zbekistonlik yigit Avliyo Simeon Verxoturskiy cherkovida ikonaning zargarlik buyumlari ehson qilinadigan qutisini sindirib, olib qochgan. Uni cherkov xizmatchisi ko‘rib qolib, tutishga harakat qilgan, ammo buning uddasidan chiqa olmagan.

Yigit qochayotganida o‘g‘rilangan buyumlarning bir qismini tushirib qoldirgan va mashinasiga o‘tirib voqea joyidan yashiringan. O‘g‘irlangan buyumlarni Tataristonda sotgan va o‘sha yerda qo‘lga olingan.

Hodisa oqibatida cherkovga keltirilgan zarar miqdori 40 ming rubl (taxminan, 550 dollar)ga baholanmoqda. Ayni paytda o‘zbekistonlik yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ishni ko‘rib chiqish Ufadagi Sovet tuman sudiga yuborilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют