» » Sergelida bir ayolni qiynab, uni tahqirlagan 3 nafar ayol qamoqqa olindi (video)

Sergelida bir ayolni qiynab, uni tahqirlagan 3 nafar ayol qamoqqa olindi (video)


Internetda 3 nafar ayolning boshqa bir ayolni urayotgani va haqorat qilayotgani videosi tarqalgandi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan tergov olib borilayotganini xabar qilgan edi. “O‘zbekiston 24” telekanalida holat bo‘yicha tafsilotlar ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, tasvirdagi holat Toshkent shahar IIBB avval xabar qilganidek 7-avgustda emas, 31-iyulda sodir bo‘lgan. Qisqa muddatda ishtirokchilarning shaxsi aniqlanib, voqeaning asl sabablari o‘rganilgan.

Ta’kidlanishicha, janjalga bir narsa sabab bo‘lmagan. Ijara puli muammosidan tortib, voyaga yetmagan bolaga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganlikda, shuningdek, bir ayolning erini yo‘ldan urish ayblari bilan ayblangan ayol “samosud” qilingan.

Ayblanuvchi ayollar holat bo‘yicha o‘z ko‘rsatmalarini berib o‘tgan.

“Besabab urmadim. Bular issiq-sovuq qilgani uchun, meni mashinam, uyim uchun bolamga tegishi kerak emas edi. Meni bolamga tegmaganda bu qizni urmasdim”, — deydi ayblanuvchi ayollardan biri.

Janjal vaqtida xonada voqea sababchilaridan biri hisoblangan erkak ham bo‘lgan. Lekin u janjalni befarqlik bilan kuzatgan.

“Men o‘sha yerda o‘tirgan edim. Ayollarni ishiga men qo‘shilmayman-ku”, — deydi u.

Ayollar video internetda tarqalishini xayolga ham keltirmaganini aytgan.

“Video meni telefonimga olingan. Men o‘rtog‘imga tashlab berganman. U ko‘rgandan so‘ng o‘chirib tashlashini aytgan”, — deydi ayblanuvchilardan biri.

Voqea yuzasidan IIOga hech qanday xabar kelib tushmagan bo‘lsa-da, tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sergeli tumani 4-sonli IIB surushtiruvchisi Baxtiyor Rahmatovning ma’lum qilishicha, ayblanuvchi, har uchala ayol ham muqaddam Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bo‘yicha sudlangan. Ularga nisbatan tergovda to‘plangan hujjatlarga asoslanib, Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik), 140-moddasi (haqorat qilish), 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) hamda 110-moddasi (qiynash) bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzda ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ayblanuvchilar o‘z qilmishlaridan pushaymon ekanligini bildirgan.

Avval Samarqandda tunda uchrashuvga chiqqan yigit va qizni “samosud” qilgan fuqarolar ishi sudga oshirilgan, Qo‘shko‘pirda bir ayolni “samosud” qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, Xorazmda ayolning “samosud” qilinishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilingandi. Shuningdek, IIV huzuridagi Tergov departamenti Xorazm viloyati Gurlan tumanida bir ayolning “samosud” qilingani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot bergan va hodisaning iyul oyida sodir bo‘lganini qayd etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют