» » Belarusda nima gap? 15-avgustning asosiy voqealari

Belarusda nima gap? 15-avgustning asosiy voqealari


Belarusda 9-avgustdan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlarining 7-kuni dayjesti bilan tanishing.

Mavzuga doir:

Bugun Belarus poytaxti Minsk shahrida Pushkinskiy metrostansiyasi oldida 10-avgust kuni namoyishlar paytida vafot etgan Aleksandr Taraikovskiy xotirasiga bag‘ishlangan namoyish bo‘lib o‘tdi. Minglab belaruslar norozilik namoyishida ishtirok etish uchun to‘plandi. Namoyishchilar Minsk ko‘chalarida prezident iste’fosini talab qilib qilmoqda.

Shuningdek, bugun Lukashenko Mudofaa vazirligining strategik boshqaruv markazi yig‘ilishida majlis o‘tkazdi. Unda chiqish qilgan Lukashenko namoyishlar va ish tashlashlar hech qanday natija bermasligini aytib o‘tdi. Undan tashqari, “vatanni hech kimga berib qo‘ymasligi”ni ham ta’kidlab o‘tdi.

Majlis davomida Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashmoqchi ekanini aytdi. Shuningdek, bu faqatgina Belarus uchun emas, barcha sobiq Ittifoq davlatlari uchun xavf ekanini ham ta’kidladi. Ma’lum qilinishicha, 15-avgust kuni Lukashenko Minskdagi yig‘ilishda shunday degan: “Hozir Rossiya prezidenti Putin bilan bog‘lanishim kerak, men hozir u bilan gaplasha olaman. Chunki bu (mamlakatdagi jarayon) nafaqat Belarus uchun xavf tug‘diradi… Agar Belarusda muvaffaqiyatsizlik bilan tugasa, bu namoyishlar u yerda (Rossiyada) ham jonlanadi”.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Belarus tajovuz va tashqi aralashuvga duch kelmoqda, mamlakatda “rangli inqilob texnologiyalari” qo‘llanilmoqda.

Keyinroq ikki davlat rahbari o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgani xabar qilindi. Unda prezidentlar Belarusdagi voqealar haqida suhbatlashdi. Suhbat haqida Kreml ham izoh berdi. Unda Putin Belarusdagi voqealarga tez orada yechim topilishiga umid qilishini ta’kidlandi: “Asosiysi, bu muammolar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka putur yetkazishga intilayotgan vayronkor kuchlar tomonidan foydalanilmasligi kerak”, deyiladi xabarda.

* * *

Moskva, Berlin kabi shaharlarda ham odamlar Belarusdagi namoyishchilarga nisbatan amalga oshirilayotgan zo‘ravonliklarga qarshi turli aksiyalar o‘tkazmoqda.

Bugun, shuningdek, OAVda Lukashenkoning Rossiyaning Belarus suverenitetiga aralashuvi haqidagi bir yil oldingi fikrlari va bugungi bayonoti haqida taqqoslash o‘tkazdi. 2019-yil 24-dekabr kuni Lukashenko “agar Rossiya Belarus suverenitetini buzishga intilsa, bu urushga olib kelishi” haqida  gapirgan edi. 2020-yilning 25-iyun kungi nutqida ham Belarus ichki ishlariga tashqaridan aralashuv bo‘layotgani, qo‘g‘irchoqlar Polshada ham, Rossiyada ham yashashini aytib o‘tgandi. 9-iyulda  esa “suverenitet va mustaqillik sotilmaydi” degandi.

Bugungi qilgan chiqishida esa “hozir Rossiya prezidenti Putin bilan bog‘lanishim kerak, men hozir u bilan gaplasha olaman. Chunki bu (mamlakatdagi jarayon) nafaqat Belarus uchun xavf tug‘diradi… Agar Belarusda muvaffaqiyatsizlik bilan tugasa, bu namoyishlar u yerda (Rossiyada) ham jonlanadi” dedi.

* * *

Genshtab majlisida Lukashenko harbiylar va ularning oilalariga nisbatan tahdidlar borligini aytdi va kimlargadir qarata bunday qilmaslikni va “olov bilan o‘ynashmaslik”ni maslahat berdi.

Shuningdek, u harbiylarda oilasi va o‘zini himoya qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli resurslar borligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют