» » Shahram G‘iyosov 19 ta jangda raqibini nokaut qilgan bokschiga qarshi 16-avgust tongida ringga chiqadi

Shahram G‘iyosov 19 ta jangda raqibini nokaut qilgan bokschiga qarshi 16-avgust tongida ringga chiqadi


Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO ) o‘zining navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 16-avgust tongida o‘tkazadi.

G‘iyosovga ushbu jangda nikaragualik Uiston Kampos (31-7-6 , 19 KO) raqiblik qiladi.

Aslida Shahram meksikalik Fransisko Roxoga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo Roxoda koronavirus aniqlangani sabab, unga raqib sifatida Kampos tanlangan.

Ikkala bokschi ham jangdan oldin tarozidan o‘tdi. Tarozi ularning vazni bir bir xil ekanligini ko‘rsatdi — 64,1 kilogramm. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 05:00 da bo‘ladi.

Jang videosini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin ? HAVOLA.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют