» » O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 40 nafar rossiyalik shifokor 16-avgust kuni keladi

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 40 nafar rossiyalik shifokor 16-avgust kuni keladi


Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko Rossiyalik tibbiyot xodimlari guruhi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun kelishini ma’lum qilgan edi. AOKA huzuridagi brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova bu haqda to‘liqroq ma’lumot berdi.

“Rossiyadan 16-avgust kuni 40 nafar mutaxassis koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun kelishlari kutilmoqda. Bir oy davomida ular o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlaydi, amaliy-uslubiy yordam berishadi.

Ularning barchasi COVID-19’ga chalingan bemorlarni davolash bo‘yicha tajribaga ega. Guruh tarkibida anesteziolog, reanimatolog, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis, epidemiolog, terapevt va kardiolog bor”, — deydi Abdusamatova.

Barno Abdusamatovaning ta’kidlashicha, rossiyalik mutaxassislar yaqinda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etib Qozog‘istondan qaytgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют