» » Isroil Madrimov 16-avgust tongida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun amerikalik bokschiga qarshi jang qiladi

Isroil Madrimov 16-avgust tongida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun amerikalik bokschiga qarshi jang qiladi


Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (5-0, 5 KO) o‘zining navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 16-avgust tongida o‘tkazadi.

Madrimov ushbu jangda amerikalik 37 yoshli Erik Uokerga (20-2, 9 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 12 raundga mo‘ljallangan. Madrimov va Uoker ushbu to‘qnashuv orqali vaqtinchalik WBA kamari sohibini aniqlab beradi.

To‘qnashuvdan oldin ikkala bokschi ham tarozidan o‘tdi. Isroilning vazni 69,7 kilogrammni tashkil etgan bo‘lsa, Uoker 68, 5 kilogramm tosh bosgan.

Jang videosini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin ? HAVOLA.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov o‘zining so‘nggi jangini 2020-yil 1-mart kuni o‘tkazgan. Unda Isroil venesuelalik Charli Navarroga (29-10, 22 KO) qarshi ringga chiqib, raqibini 6-raunddayoq nokautga uchratgandi.

Erik Uoker esa 2019-yil 7-dekabr sanasida Damian Ezekyel Bonelliga qarshi jang olib borib, raqibidan ochkolar evaziga ustun kelgan. U so‘nggi bori 2018-yil 22-mayida Brendon Adamsga mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 16-avgust kuni bo‘ladigan jang oqshomida o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Shahram G‘iyosov ham jang qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют