» » Bir vaqtning o‘zida havoga ko‘tarilgan 15 ta vertolyot. O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlandi (foto)

Bir vaqtning o‘zida havoga ko‘tarilgan 15 ta vertolyot. O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlandi (foto)


O‘zbekistonlik harbiy uchuvchilar Havo floti kunini nishonladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi rahbariyati vakillari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi mas’ul ofitserlari dastlab harbiy uchuvchilarni yod etish monumentiga tashrif buyurib, marhum uchuvchilar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tadbirda so‘z olganlar soha rivoji, ushbu yo‘nalishda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar xususida to‘xtalib, soha fidoyilarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi.

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligining bir guruh harbiy xizmatchilariga navbatdagi harbiy unvonlar, Mudofaa vazirligining “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishoni, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, Xonobod va Chirchiq aerodromlarida mahoratli uchuvchilar tomonidan ko‘rgazmali mashg‘ulot ham o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют