» » “Manchester Siti” 4 ta gol urilgan o‘yinda “Lion”ga yutqazib qo‘ydi va Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi (video)

“Manchester Siti” 4 ta gol urilgan o‘yinda “Lion”ga yutqazib qo‘ydi va Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi (video)


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finalida “Manchester Siti” va “Lion” jamoalari 15-avgust, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuv o‘rtacha tempda boshlandi va to‘p asosan maydon markazida bo‘ldi. 24-daqiqada “Lion” jamoasi Maksvell Kornening golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga “shaharliklar” 69-daqiqaga kelib javob berdi: Rahim Sterlingning uzatmasidan keyin Kevin de Bryuyne hisobni tenglashtirdi.

Biroq uchrashuv yakuniga yaqin fransuzlar ikkita to‘p kiritgan holda g‘alabani ilib ketdi. Zaxiradan maydonga tushgan Mussa Dembele ikki bor inglizlarni qarshi hujumda jazoladi va jamoasiga yarim final eshiklarini ochdi.

Shu tariqa “Lion” Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi va u yerda “Bavariya” bilan o‘ynaydi.

YChL

Chorak final bahsi

15-avgust, shanba

Gollar: 0:1 – 24 Korne, 1:1 – 69 de Bryuyne, 1:2 – 79 Dembele, 1:3 – 87 Dembele.

“Manchester Siti”: Ederson, Joau Kanselu, Uoker, Lyaport, Erik Garsiya, Fernandino (Mahrez, 56), Rodri Ernandes (Silva, 84), de Bryuyne, Gundo‘g‘an, Sterling, Gabriel Jezus.

“Lion”: Antoni Lopesh, Marselo, Marsal, Denayer, Dyubua (Tete, 74), Kakre, Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 70), Auar, Korne, Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 87), Depay (Dembele, 75).

Ogohlantirishlar: Dyubua (12), Fernandino (29), Rodri Ernandes (58), Marselo (64).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 02:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют