» » Turkiyada aholi ommaviy ravishda oltin xarid qilmoqda

Turkiyada aholi ommaviy ravishda oltin xarid qilmoqda


Turkiyada aholi oxirgi ikki hafta davomida 7 milliard AQSh dollariga teng quyma oltinlarni xarid qilgan. Bu haqda Reuters xabar qilgan.

Agentlikning yozishicha eng katta bozorlardan biri hisoblanuvchi Istanbulda narxlar qimmatligiga qaramay “oltin vasvasasi” boshlangan.

“Menimcha, bu ayni paytdagi eng yaxshi investitsiya, shuning uchun ham o‘z dollarlarimni olib kelib, ular bilan quyma oltin xarid qildim, aslida bankdan liralarimni yechib olishim kerak, biroq koronavirus yuqish xavfi tufayli u yerga bora olmayapman”, — deydi Istanbul shahrida yashovchi Hasan Ayxan.

O‘tgan haftada liraning dollarga nisbatan qiymati rekord darajadagi minimumga tushib ketgan. Turkiya milliy banki axborotiga ko‘ra, mamlakatda 1 AQSh dollari narxi 7,3 Turkiya lirasiga teng bo‘lib turibdi.

Istanbuldagi oltin sotuvchi do‘konlar assosiatsiyasi rahbarining o‘rinbosari turklarning azaldan boylikni ushlab turish uchun oltindan foydalanishini qayd etgan holda, aholidagi oltin miqdori, taxminan, 5 ming tonna bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Grand-bozordagi sotuvchilar hech kim tilla buyumlarni sotish uchun kelmayotgani, aksincha hamma oltin buyumlari yoki yombi xarid qilishga kelayotganini aytmoqda.

“Men mashina yoki uyini sotib, oltinga investitsiya sarflash niyatida bo‘lga yuzlab odamlar bilan suhbatlashdim”, — deydi ushbu bozordagi savdogarlardan biri Gyunay Gyunesh.

Avgust boshidan beri oltinning narxi tarixiy rekordlarni yangiladi. Keyinchalik dollarning qiymati mustahkamalana boshlagach, muvozanat tiklandi, biroq qimmatbaho metallning narxi hali ham yil boshidagidan 20 foizga qimmatroq.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют