» » Tramp Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi samarali bo‘lishiga umid bildirdi

Tramp Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi samarali bo‘lishiga umid bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina samarali bo‘lishiga umid bildirdi, deb xabar bermoqda “RBK”.

“Biz bu haqda ko‘p narsa bilmaymiz. Umid qilamizki, u natija beradi”, — degan u Oq uyning Twitter’dagi saifasida onlayn ko‘rsatilgan brifingda.

Shu bilan birga, prezident rossiyalik ishlab chiquvchilar preparatni sinovdan o‘tkazishda ba’zi tadqiqotlarni olib tashlaganini aytgan va AQShda vaksina yaratishda “qat’iy tizimdan o‘tish” muhim hisoblanishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini ma’lum qilgandi. U Gamaleya nomidagi institut tomonidan yaratilgan. Putinning so‘zlariga ko‘ra vaksina “barqaror immunitet shakllantiradi va barcha zarur tekshiruvlardan o‘tgan”. Amalda esa Gamaleya instituti vaksinasi ishlab chiqishning dastlabki bosqichida turibdi. Unda keng miqyosli klinik tekshiruvlar o‘tkazilmagan. Ilmiy jurnallarda esa sinov natijalari haqida hech qanday maqolalar yo‘q.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют