» » Hindiston koronavirusga qarshi uchta vaksinani sinovdan o‘tkazmoqda va ularni ishlab chiqarishga tayyor

Hindiston koronavirusga qarshi uchta vaksinani sinovdan o‘tkazmoqda va ularni ishlab chiqarishga tayyor


Hindiston koronavirus infeksiyasiga qarshi uchta vaksinani sinovdan o‘tkazmoqda va ularni fuqarolarga tarqatish bo‘yicha reja tayyor. “TASS”ning xabar berishicha, bu haqda 15-avgust kuni mamlakat bosh vaziri Narendra Modi ma’lum qilgan.

“Uchta vaksina sinovlarning turli bosqichlarida turibdi. Olimlar ruxsat berganida ishlab chiqarish bo‘yicha rejamiz tayyor bo‘ladi. Bizda vaksina qisqa vaqt ichida har bir hindistonlikka qanday yetib borishi bo‘yicha yo‘l xaritasi bor”, — degan bosh vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish dasturi doirasida har bir hindistonlik sog‘liq holati bo‘yicha identifikatsiya kartasi (Health ID card)ni oladi. Fuqarolar har gal dorixonaga yoki shifokor ko‘rigiga borganda bu kartada qayd etiladi va umummilliy darajadagi profilda aks etadi. “Shifokor retseptidan tortib tavsiya qilingan dorigacha barchasi salomatlik profilida qayd etiladi”, — deb ta’kidlagan Modi.

Bosh vazir, shuningdek, pandemiyaga qarshi kurashayotgan barchaga minnatdorchilik bildirgan.

Avvalroq Hindistonda Bharat Biotech kompaniyasi tomonidan koronavirusga qarshi Covaxin vaksinasi klinik sinovining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgani, Zydus Cadila farmatsevtika kompaniyasi COVID-19 davolash uchun virusga qarshi Remdac nomli dori vositasini sotishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют