» » Kuzda har bir ayolning garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan 5 ta kiyim

Kuzda har bir ayolning garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan 5 ta kiyim


Moda bir joyda turmaydi, zamonga mavsumga va dizaynerlarning fantaziyasiga qarab o‘zgarib turadi. Kuzda qanday libos va aksessuarlar ayol-qizlar garderobidan olishi kerak? Harper’s Bazaar ushbu savolga javob beradi.

Trikotaj matoli uzun ko‘ylak

Yangi mavsumda, shu vaqtgacha dolzarb bo‘lib kelgan midi uzunligidagi liboslar, maksiga o‘rnini bo‘shatadi. Uzun bichimdagi libosning trikotaj matosidan tikilgani esa kuz uchun eng yaxshi variant hisoblanadi.

Masalan, Matteau brendidagi singari qora minimal va ortiqcha detallardan holi, Bottega Veneta brendi taqdim etganidek shokildali va Mugler’dagidek bo‘yin qismi yopiq va “virez” li libos ayni muddao. Modasevarlar allaqachon ushbu trendni sinab ko‘rishni boshlab yuborgan bo‘lib, uni flip-flop (shippak) va bosonojkalar bilan moslamoqda.

Shokildali sumka

Shokildali libos va aksessuarlar avvalroq ham xit bo‘lgan, ammo tez unutilgandi. Lekin ushbu o‘ziga xos yondashuv kuz mavsumida qaytadan asosiy trendlardan biri bo‘ladi. Urfdan qolmaslik uchun boshdan oyoq shokildali kiyinish shart emas oddiy va sipo kiyinib, shokildali sumka tutishning o‘zi kifoya.

Shokilda, Bottega Veneta va Jil Sander’niki singari charmdan, Miu Miu taqdim qilganidek toshli va Saint Laurent’nikidek charmdan bo‘lishi mumkin.

Keyp

Keyplar mashhur brendlar — Burberry, Celine, Balmain, Givenchy’ning kuzgi kolleksiyasidan o‘rin olib ulgurgan. Shu sabab ham qo‘l qismi boshqa bichimlardan farq qiladigan mazkur uslubdagi liboslarni hech ikkilanmay garderobga qo‘shish maqsadga muvofiq.

Dizaynerlar, ko‘ylak, palto, jaket va kardigan-keyplar bilan qiziqarli obrazlar yaratishni tavsiya qiladi.

Qo‘lqoplar

Kuzning sovuq kunlari boshlanishi bilan qo‘lqoplar faqatgina sovuqdan himoya vositasi bo‘libgina qolmay, asosiy trenddagi detallardan biri bo‘ladi. Ushbu aksessuar moda namoyishlarida nafaqat ustki kiyim, balki ko‘ylak va jaketlar bilan obrazni to‘ldiruvchi sifatida ham kiyiladi.

Qo‘lqop bilan urfga xos kiyinishni istovchilar e’tiborini yorqin, Gucci’dagidek qoplon printli, Alessanda Rich taqdim qilgandek to‘rli modellarga qaratishi tavsiya qilinadi.

Zanjir

Kuz mavsumida ko‘ ylak, tufli, sumka, qolaversa boshqa garderobdan joy olishi mumkin bo‘ lgan kiyim-kechaklarning zanjiri bo‘ lishi ayni muddao. Moda inflyuenserlari uchun sevimli bo‘lgan mazkur detal, kuzga xos zamonaviy va didli kiyinishning tendensiyalaridan biri bo‘ladi.

Nimadan boshlashni bilmayotganlar uchun xaridni zanjirli sumka yoki poyabzal olishdan boshlash yoki vodolazka bilan zanjirli taqinchiq taqish tavsiya qilinadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют