» » Porsche 911’ni quvib o‘tishga uringan Bugatti Chiron ommaviy YTHni yuzaga keltirdi (video)

Porsche 911’ni quvib o‘tishga uringan Bugatti Chiron ommaviy YTHni yuzaga keltirdi (video)


Shveysariyadagi Sen-Gotard dovonida to‘rtta mashina, jumladan, Bugatti Chiron giperkari va Porsche 911 sportkari ishtirokida ommaviy YTH sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvga quvib o‘tishdagi omadsizlik sabab bo‘lgan, deb yozadi Motor.

Voqea joyidan olingan video va fotolar Rainier Johnson Supercars hamjamiyatining Facebook’dagi sahifasiga joylashtirilgan. Asosiy versiyalarga ko‘ra, Bugatti Chiron qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, oldinda ketayotgan Porsche 911’ni quvib o‘tishga uringan. O‘z navbatida 911 haydovchisi ham bo‘sh kelmasdan, gaz tepkisini bosgan. Giperkar va sportkar o‘zaro to‘qnashgan, zarba ularni yo‘lda kelayotgan boshqa avtomobillar qarshisiga chiqarib qo‘ygan — Mercedes-Benz C-Class kemperi va universali. To‘qnashuvda faqat universal haydovchisiga tibbiy yordam kerak bo‘lgan.

Tasvirlarga ko‘ra, asosiy zarar Porsche 911 modeliga yetgan — sportkarning butun old qismi pachoq bo‘lgan, g‘ildiraklaridan biri o‘qidan chiqib ketgan, kapot qiyshaygan. Bugatti Chiron’ning omadi kelgan: giperkarning old bamperi, radiator panjarasi va kapoti biroz qiyshaygan. C-Class esa o‘ng yon tomoni bilan beton to‘siqqa urilgan, kemperga yetgan zarar haqida hech narsa ma’lum emas.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют