» » Turk aktyori Engin Akyurek ishtirokidagi muvaffaqiyatli seriallar va uning partnyorlari (foto)

Turk aktyori Engin Akyurek ishtirokidagi muvaffaqiyatli seriallar va uning partnyorlari (foto)


Turk aktyori Engin Akyurek “Elchining qizi” va “Pul va gul ishqi” serialida boshqa yana qanday seriallarda rol ijro qilgan va partnyorlaridan qay biri bilan mos juftlikni gavdalantirganiga to‘xtalib o‘tamiz.

Beren Saat bilan “Fotmagulning aybi nimada?” seriali

Mazkur serialdagi sevishgan juftlik tomoshabinlarga mukammal qilib ko‘rsatilmagan, aksincha tabiiylikka intilgan. Go‘zal va odatdagidek ijro va bir xillikdan charchagan muxlislar esa, Engin va Beren jonlantirgan rolni iliq qabul qilgan.

Melisa Sezen bilan “Bir bulut bo‘lsam” seriali

Ushbu serialda Engin, Narin ismli qizga telbalarcha oshiq bo‘lgan Mustafo rolini ijro qilgan. Bosh qahramon qiz uchun jurnal muqovalaridek soxta yasalgan emas, o‘ziga xos chiroy egasi bo‘lgan aktrisa Melisaning tanlanishi filmning muvaffaqiyatli chiqishiga hissa qo‘shgan.

Bergyuzar Korel bilan birga “Bir hayot, ikki sevgi” filmi

Film sujeti alohida ta’kidlashga arzimasa-da, Enginning ushbu filmdagi ishonarli qilib gavdalantirilgan qahramon ijrosini ta’kidlamay bo‘lmaydi. Uni tomosha qilish orqali film ichiga kirib ketgan tomoshabin, Bergyuzarning “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Xalit Ergenchning rafiqasi ekanini unutib, Engin bilan o‘rtalarida nimadir bor degandek xulosaga kelishi aniq.

Hilyal Altinbek bilan “Bolalar senga omonat” seriali

Ushbu filmni tomosha qilib, aktyorning Hilyal bilan jonlantirgan obrazidan ko‘ngil to‘lmasligi mumkin va bu tabiiy. Rol har doim ham muvaffaqiyatli va omadli chiqmasligi va bu partnyor yoki turli omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Tuba Buyukustun bilan “Pul va gul ishqi” seriali

Ushbu juftlikka alohida to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q, chunki har ikkala kino vakili ham tashqi ko‘rinishi va ijrosi bilan haqiqatan bir-biriga mos sevishganlarni jonlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Sinyorina va unga sodiq oddiy oila farzandi, komissar bo‘lib ishlaydigan yigit haqidagi voqealar muxlislarni befarq qoldirmagan. Ushbu serialdagi roli uchun aktyor “Emmi” mukofotiga loyiq deb topilgan va bu turk aktyorlari tomonidan sazovor bo‘lingan ilk “Emmi” mukofoti bo‘lgan.

Fahriya Evjan bilan “O‘limga qadar” seriali

Burak O‘zchivitning rafiqasi Fahriye va Engin esda qolarli juftliklardan birini ijro qilishga muyassar bo‘lgan. Fahriye esa rolini mahorat bilan ijro qilishga uringani bilan “Choliqushi”da Burak bilan Feride rolini gavdalantirganidek mukammal chiqmagan. Bundan ming iste’dod ishga solingani bilan aktyorlar o‘rtasida haqiqiy sevgi bo‘lsa, ijro ham tamoman boshqacha, samimiy bo‘ladi degan xulosaga kelish mumkin.

Neslihan Atagul bilan “Elchining qizi” seriali

Tashqi ko‘rinishi boshqa aktrisalardan tabiiydek ko‘ringani bilan ajralib turadigan Neslihan, ushbu serialda qo‘ng‘iroq soch va qirmizi labli Nare rolini ijro qilgan. Serial suratga olinishidan avval bosh qahramonlar e’lon qilinganida, juftlik ijrosi muvaffaqiyatli chiqishiga shubha qilganlar, u efir yuzini ko‘rganidan keyin fikrini o‘zgartirgan. Aktyorlar ko‘rinishi bir-biriga o‘xshamagani bilan ularning har ikkisining ham o‘ziga yarasha diqqat tortadigan qiyofasi va yetarli ijod tajribasi umumlashmasi serialning keyingi qismlarini intiqib kutilishiga sabab bo‘lgan. Fe’l-atvor jihatidan Engin, qiziqqon va shubha-gumonlarga beriluvchi, Atagul esa yosh vaqtida uchragan psixologik travmani yengib, qizi uchun oyoqqa turgan ayol rolini ijro qilgan. Ammo rol boshqa hayot boshqa, aktyor serialda Neslihan bilan sevishganiga qaramay, hayotda Narening raqibi Menekshe rolini ijro qilgan Tulkan Azkan bilan uchrashadi.

Mavzuga doir:  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют