» » “Uzun burun” Ferrari 275 GTB onlayn savdolar orqali sotilgan eng qimmat avtomobilga aylandi

“Uzun burun” Ferrari 275 GTB onlayn savdolar orqali sotilgan eng qimmat avtomobilga aylandi


Geared Online auksionida 54 yoshli Ferrari 275 GTB Long Nose (“uzun burun”) sotuvga qo‘yildi. Yakuniy natija kutilganidan ham o‘tib tushdi: avtomobil 3,08 million dollarga sotilgan bo‘lib, u onlayn savdolar orqali o‘zining yangi egasini topgan eng qimmat modelga aylandi, deb xabar beradi Motor.

Avtomobil narxining bu qadar qimmatligi uning ajoyib holatda saqlangani bilan bog‘lanmoqda. Ferrari 275 GTB 1966-yilda ishlab chiqarilganidan buyon 81 ming kilometr yo‘l bosgan bo‘lib, bu davr ichida bir necha bor qo‘ldan qo‘lga o‘tgan. Rekord darajadagi nusxa orginal Bianco oq rangiga bo‘yalgan, saloni charm bilan qoplangan. Markaziy konsoldan Blaupunkt radiosi va Jaeger xronografi o‘rin olgan.

Ferrari 275 GTB bunga qadar onlayn savdolarda 2003-yilgi Ferrari Enzo tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilagan — shu yilning iyunida Enzo RM Sotheby’s internet-auksioni orqali 2,64 million dollarga sotilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют