» » Energetik ichimliklarning asosiy xavfi ma’lum qilindi

Energetik ichimliklarning asosiy xavfi ma’lum qilindi


Amerikalik olimlar energetiklar (quvvat beruvchi ichimliklar) tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklar orasida eng xavfli ekanini aniqladi. Tegishli tadqiqot natijalari Journal of the American Heart Association jurnalida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda AQSh kardiologiya assotsiatsiyasi.

Mutaxassislarning xulosa qilishicha, energetiklar ikki soat davomida QT oralig‘ini o‘rtacha 10 millisekundga oshiradi.

Millisekundlarda o‘lchanadigan mana shu vaqt oralig‘i juda qisqa yoki juda uzoq bo‘lsa, yurak normal bo‘lmagan holatda ura boshlaydi va bu hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Emili Fletcher, tadqiqot hammuallifi

Tadqiqotda ikki guruhga bo‘lingan 18 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Ular olti kun davomida har kuni 0,95 litr energetik ichimlik iste’fol qildi. Ko‘ngillilarning yurakdagi elektr faolligi elektrokardiografiya yordamida o‘lchandi. Pereferik va markaziy qon bosimi 1, 2, 4, 6 va 24 soatdan keyin o‘lchandi.

Mavzuga oid: Shirin ichimliklarni doimiy iste’mol qilishning eng asosiy xavfi ma’lum qilindi

Tadqiqot mualliflari energetik ichimliklarga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishga chaqirmoqda. Ammo, shu bilan birga, mualliflar ko‘ngillilar soni kam bo‘lgani uchun enertegik ichimliklar zarari haqida yakuniy qaror qabul qilishga yo‘l qo‘ymasligini tan oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют