» » Belarusning Slovakiyadagi elchisi birinchi bo‘lib mamlakatdagi norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatladi

Belarusning Slovakiyadagi elchisi birinchi bo‘lib mamlakatdagi norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatladi


Belarusning Slovakiyadagi elchisi Igor Leshenya mamlakatda sodir bo‘layotgan tinchlik namoyishlari ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatladi. Elchining bu boradagi videomurojaati Telegram’dagi “Nasha Niva” kanalida e’lon qilingan.

Leshenya norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlagan amaldagi belarus elchilaridan birinchisi hisoblanadi. U Belarusda qo‘lga olinganlarni qiynoqqa solish va kaltaklash borasidagi xabarlardan shokda ekanligini ma’lum qilgan.

“Afsuski, buning uchun zarur shart-sharoitlar mavjud edi. 15 yil oldin bizda ‘Stalin chizig‘i’ ochiq edi. Va gap nafaqat sovet xalqining qahramonliklari haqida ketmoqda. E’tiborga molik jihati — unda Stalin nomining uchrashi. Shundan so‘ng, ichki ishlar vaziri paydo bo‘ldi, undagi Stalin NKVDsining formasi 1937-yilgi qirg‘inlar va GULAG haqida emas, G‘alaba kuni haqida eslatib turardi. Bugun yuzlab hamyurtlarim huquq-tartibot organlarining qator vakillari bag‘rikeng Belarusda, XXI asrda NKVD an’analarini to‘liq qayta tiklanganini his qildi”, — deydi elchi.

Leshenyaning qo‘shimcha qilishicha, “birdam, kuchli va tashqi ta’sirlarga uchramaydigan davlat tarkibini o‘z xalqi xohishi, uning tili, tarixi va madaniyatiga hurmat kabi qarashlar tashkil etadi”.

“Slovakiyada men Konstitutsiyaga ko‘ra mamlakatimizga yagona hukumat manbasi hisoblanuvchi Belarus davlati va xalqining vakiliman. O‘z ovozlarining hisobga olinishini istab ko‘chada tinchlik namoyishini o‘tkazayotgan belarus xalqi bilan hamfikrman”, — deydi elchi.

Igor Leshenya 2016-yildan buyon Belarusning Slovakiyadagi elchisi hisoblanadi. Bunga qadar u Misr va Isroilda elchi bo‘lgan. 2002—2006-yillarda Leshenya Belarus prezidentining yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Belarus prezidenti stipendiyasi laureatlari ommaviy ravishda mukofotlardan voz kechgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют