» » Shahram G‘iyosov: “Chempionlik uchun jang qilishga tayyorman”

Shahram G‘iyosov: “Chempionlik uchun jang qilishga tayyorman”


Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) Toshkent vaqti bilan 16-avgust tongida nikaragualik Uiston Kamposga (31-8-6 , 19 KO) qarshi ringga chiqib, raqibini uchinchi raundda nokautga uchratdi.

Mazkur jangdan so‘ng G‘iyosov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shahram G‘iyosov raqibini qay tarzda nokautga uchratdi? (video)

Raqibimning jigar qismiga berilgan zarba kuchini o‘zimda his qildim. O‘sha vaqtda uning o‘rnidan tura olmasligini sezdim. Yaqinlarimdan, vatanimdan uzoqda bo‘lish juda qiyin. Biroq men bu yerda shunchaki shug‘ullanib yurganimcha yo‘q. Chempionlik kamarlarini o‘zimniki qilish uchun bosqichma-bosqich harakat qilmoqdaman. Menejer va promouterim aytadigan bo‘lsa, ertagayoq chempionlik jangida ishtirok etishga tayyorman. Men o‘z imkoniyatimni kutyapman. Ushbu g‘alabani buvijonimga bag‘ishlayman.

Shahram G‘iyosov, professional bokschi

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov hozirga qadar professional boksda 10 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi. Sakkizta jangda esa raqiblarini nokautga uchratgan.

Mavzuga doir: Isroil Madrimov: “Mendan nokautni o‘g‘irlashdi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют