» » Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan sog‘ayib, o‘z ishiga qaytdi

Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan sog‘ayib, o‘z ishiga qaytdi


Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Toshkent shahrida davolanishdan so‘ng butkul sog‘ayib, vohaga qaytdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hokimlik tomonidan e’lon qilingan suratlardan To‘ra Bobolov Toshkentdan harbiy samolyotda qaytganini payqash mumkin.

“To‘ra Bobolov Termiz xalqaro aeroportida viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari va boshqa mutasaddilar bilan muloqot o‘tkazib, vohada olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, koronavirus pandemiyasini jilovlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarning barqaror ishlashini ta’minlash hamda boshqa zarur masalalar xususida atroflicha fikr almashdi.

Viloyat hokimi yangi g‘oyalar bilan o‘z vazifasini bajarishga kirishdi”, — deyiladi Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, To‘ra Bobolovning koronavirusga chalingani haqidagi gaplar iyul oyining birinchi qismida paydo bo‘lgandi. Hokim yig‘ilishlarda bevosita qatnashmay, Zoom dasturi orqali ishtirok etayotgandi. O‘sha paytda viloyat hokimligi matbuot xizmati Bobolovning COVID-19 yuqtirib olganini rad etgandi. Ammo 18-iyulga kelib Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov Nukusda va Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov Toshkentda koronavirusdan davolanayotganini ma’lum qildi. Bobolovning hatto vafot etgani haqida ham xabarlar paydo bo‘ldi, ammo hokimning o‘zi videomurojaat bilan chiqdi va ahvoli yaxshi ekanligini bildirdi. Uning o‘limi haqida xabar tarqatganlar jazoga tortildi.

Bobolov koronavirusdan sog‘aygan birinchi viloyat rahbari bo‘ldi. Hozirgi kunda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov va Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov Toshkentda koronavirusdan davolanishda davom etmoqda. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov esa 31-iyul kuni 72 yoshda vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют