» » “Manchester Siti” Lionel Messini sotib olmoqchi. “Shaharliklar” uning uchun istalgan mablag‘ni to‘lashga tayyor

“Manchester Siti” Lionel Messini sotib olmoqchi. “Shaharliklar” uning uchun istalgan mablag‘ni to‘lashga tayyor


“Manchester Siti” “Barselona” hujumchisi Lionel Messini sotib olish uchun har qanday shartlarga roziligini bildirgan.

Mirror nashrining yozishicha, ingliz klubi Messi hamda uning sobiq ustozi Xosep Gvardiolaning birlashishi jamoa o‘yinini ijobiy tomonga o‘zgartirishiga ishonmoqda. Ta’kidlanishicha, “shaharliklar” argentinalik futbolchi uchun istalgan summani berishga tayyor.

Avvalroq Messi “Barselona” Chempionlar Ligasi chorak finalida “Bavariya”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgach, jamoadan ketmoqchi ekani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Biroz muddat oldin esa uning xizmatlariga “Inter” qiziqish bildirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Messining katalon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilgacha mo‘ljallangan.

Lionel Messining “Santyago Bernabeu”da “Real”ga urgan eng qoyilmaqom gollari (video)

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют