» » Xosep Gvardiola: “Bir kun kelib chorak final to‘sig‘idan ham o‘tamiz”

Xosep Gvardiola: “Bir kun kelib chorak final to‘sig‘idan ham o‘tamiz”


“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan “Lion”ga qarshi o‘yindan (1:3) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ikkinchi bo‘lim nisbatan yaxshi o‘tdi, menga futbolchilarim yaxshi o‘ynayotgandek tuyuldi, ammo bu musobaqada mukammal bo‘lish kerak, biz esa bunday bo‘la olmadik. Bir kun kelib, biz Chempionlar Ligasida chorak final to‘sig‘idan ham o‘tamiz. “Manchester Siti” so‘nggi bir necha yil ichida bunga loyiq o‘yin ko‘rsatmoqda.

“Lion”ning ikkinchi golidagi qoida buzish? Men bu haqida gapirishni istamayman. Bu shikoyat qilish va o‘zini oqlashga o‘xshab qoladi.

Biz juda ko‘p vaziyatlarni yaratdik, ammo bu yetarli bo‘lmadi. O‘yinning muhim daqiqalarida jarima maydonchasida xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bunday vaziyatda kamida qo‘shimcha vaqtga ega bo‘lish uchun hisobni tenglashtirish juda muhim edi, ammo keyin uchinchi golni o‘tkazib yubordik va shu bilan barchasi tugadi.

Qayg‘udamiz. Endi ta’tilga chiqamiz. Keyinchalik futbolchilar klubga qaytganida ularni ruhlantirishimiz kerak bo‘ladi.

Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi

“Manchester Siti”ni mag‘lubiyatga uchratgan “Lion” Chempionlar Ligasi yarim final bosqichida Myunxenning “Bavariya” klubi bilan to‘qnash keladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют