» » “Manchester Siti”ni Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborgan “Lion” 10 yillik eng yaxshi natijasini takrorladi

“Manchester Siti”ni Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborgan “Lion” 10 yillik eng yaxshi natijasini takrorladi


“Lion” Chempionlar Ligasi chorak final bosqichida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib (3:1), yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa fransuz klubi o‘z tarixida Yevrokuboklardagi eng yaxshi natijasini takrorladi. “Lion” bungacha 2010-yilda ham Chempionlar Ligasining yarim final bosqichiga qadar yetib kelgan edi.

Shuningdek, jamoa kubok egalari Kubogi (1964-yilda) va Yevropa Ligasi (2017-yilda) yarim finallarida ham ishtirok etgan. Bundan tashqari, lionliklar 1997-yilda Intertoto Kubogini qo‘lga kiritgan.

Qayd etish joiz, “Lion” 2010-yilda “Bavariya”ga mag‘lub bo‘lib (0:1, 0:3), yarim final bosqichida o‘z ishtirokini yakunlagandi. Fransuz klubi 2019/20-yilgi mavsumda ham yarim final bosqichida aynan Myunxen klubi bilan to‘qnash keladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют