» » Minsk markazida Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan mitingga prezidentning o‘zi ham keldi

Minsk markazida Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan mitingga prezidentning o‘zi ham keldi


Minskdagi Hukumat uyi yaqinida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlash uchun miting bo‘lib o‘tdi. Mitingga Aleksandr Lukashenko o‘g‘li Nikolay bilan birga tashrif buyurdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi mitingda 65 ming kishi ishtirok etganini ma’lum qilgan. Lukashenko miting ishtirokchilari qarshisida nutq so‘zlagan.

Tut.by portalining yozishicha, Belarus viloyatlaridagi budjet tashkilotlari ishlovchilarini mitingga borishga majbur qilishgan. Ular mitingga avtobus va poyezdlarda olib kelingan. Rad etganlarni ishdan bo‘shatish yoki yotoqxonalardan chiqarib yuborish bilan tahdid qilishgan. Nashrning yozishicha, qonun bo‘yicha dam olish kunlari xodimlarni mitinglarda ishtirok etish yoki ma’lum bir siyosatchini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilish mumkin emas.

Belarusda sakkiz kundan buyon prezident saylovi natijalariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi saylovda Aleksandr Lukashenko oltinchi marotaba yutganini e’lon qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют