» » Telegram Belarusda rasmiy kanalini ishga tushirib, prezidentlik saylovlari haqida so‘rovnoma o‘tkazdi

Telegram Belarusda rasmiy kanalini ishga tushirib, prezidentlik saylovlari haqida so‘rovnoma o‘tkazdi


Telegram messenjeri 15-avgust kuni Belarusdagi saylovlar borasida rasmiy kanalini ishga tushirdi. Shu kunning o‘zida kanalga “Belarusdagi prezidentlik saylovlarida kimga ovoz berdingiz?” nomli anonim so‘rovnoma joylashtirilgan.

Ushbu xabarni yozish vaqtida unda Telegram’ning 1,4 milliondan ortiq foydalanuvchisi ishtirok etgan. So‘rov ishtirokchilarining 52 foizi Svetlana Tixanovskayaga, 3 foizi — Aleksandr Lukashenko hamda 1 foizga yaqini Sergey Cherechenga ovoz bergan. Shuningdek, yana 3 foiz ishtirokchi barchasiga qarshi ovoz berganini ma’lum qilgan. Ishtirokchilarning 7 foizi Belarusda yashasa-da, saylovlarga bormaganini ma’lum qilgan. So‘rovnomadagi 35 foiz ishtirokchi belaruslik emasliklarini bildirgan.

Nomzodlarga o‘z ovozini faqatgina Belarus SIM kartasiga ega foydalanuvchilar bera oladi. Keyinroq Telegram variantlarning bir qismiga faqatgina belaruslik foydalanuvchilar ovoz bera olishini tasdiqlagan.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,09 foiz ovoz olgan.

Natijalar e’lon qilingach, Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют