» » Filippin ichki ishlar vaziri ikkinchi bor koronavirusga chalindi

Filippin ichki ishlar vaziri ikkinchi bor koronavirusga chalindi


Filippin Ichki ishlar vazirligi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idorasi rahbari Eduardo Ano yana bir bor koronavirusga chalindi. Amaldor shu yilning mart oyida ham infeksiya yuqtirib olgan edi, deb xabar beradi “TASS”.

Bunga qadar 58 yoshli Ano davolanish kurslarini olgan va undagi test natijalari salbiy chiqqandi.

“O‘zimda gripp alomatlarini seza boshladim, jumladan, tomoqda va tanada og‘riq… 15-avgust kuni olgan testim natijasi menda yana koronavirus borligini ko‘rsatdi”, — deydi vazir. U fuqarolarni pandemiyaning naqadar jiddiyligi va xavfli ekanligini to‘g‘ri tushunishga chaqirib, doim niqobda yurish va qo‘llarni yuvishni tavsiya qilgan.

Ayni vaqtda vazir shifokorlar nazorati ostida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Filippinda koronavirus bilan kasallanganlar soni 153 ming kishidan, COVID-19 qurbonlari soni esa 2,4 ming kishidan oshib ketgan.

Avvalroq Kosovo bosh vaziri Avdula Xotida, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanda, Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanovda, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruda, Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Sobirjon Abdikarimovda pnevmoniya, uning o‘rinbosari Nurbo‘lot Usenbayevada esa koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Filippinda COVID-19 sabab 15 ming nafardan ziyod mahbus ozodlikka chiqarildi

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Filippin prezidenti Rodrigo Duterte politsiya va qurollari kuchlarga karantin vaqtida tinchlik va tartibni buzib, norozilik namoyishini o‘tkazayotgan fuqarolarga qarata o‘q uzish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют