» » Belarusdagi “Ozodlik marshi”. 16-avgustning asosiy voqealari

Belarusdagi “Ozodlik marshi”. 16-avgustning asosiy voqealari


Bugun, 16-avgust kuni Belarusda davometayotgan norozilik namoyishlarining 8-kuni. Bugun nimalar bilan esda qoldi?

Mavzuga doir:

Dastlab, mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da poytaxt Minskda Aleksandr Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlash uchun miting o‘tkazildi. Mitingga Aleksandr Lukashenko o‘g‘li Nikolay bilan birga tashrif buyurdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi mitingda 65 ming kishi ishtirok etganini ma’lum qildi. Lukashenko miting ishtirokchilari qarshisida nutq so‘zladi.

“TUT.by” portalining yozishicha, Belarus viloyatlaridagi budjet tashkilotlari ishlovchilarini mitingga borishga majbur qilishgan. Ular mitingga avtobus va poyezdlarda olib kelingan. Rad etganlarni ishdan bo‘shatish yoki yotoqxonalardan chiqarib yuborish bilan tahdid qilishgan. Nashrning yozishicha, qonun bo‘yicha dam olish kunlari xodimlarni mitinglarda ishtirok etish yoki ma’lum siyosatchini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilish mumkin emas.

ФОТОФАКТ: В Минске на площади Независимости были представители всех регионов страны pic.twitter.com/svJepl3jwh

— БЕЛТА (@beltanews) August 16, 2020

Namoyishchilar orasida Belarus bayrog‘i bilan birgalikda kommunistik partiya bayroqlari, Georgiy lentasi va bayrog‘ini ko‘tarib olganlar ham bo‘lgan.

* * *

Shuningdek, bugun Belarus prezidenti Lukashenko havo-desant brigadasini Vitebskdan mamlakat g‘arbiy chegarasidagi Grodno shahriga joylashtirish to‘g‘risida buyruq berdi.

“Ushbu hududlarda sodir bo‘layotgan voqealarni tinchgina kuzatib o‘tira olmaymiz. Mazkur muammo, shuningdek, harbiylarimizni ham tashvishga solmoqda. Shu sababli g‘arbiy chegaradagi vaziyat keskinlashgani sabab qo‘shimcha ravishda Vitebskdagi havo-desant brigadasini Grodnoga joylashtirishni so‘rayman”, — dedi Lukashenko.

Belarus prezidenti desantchilarning Vitebskdan Grodnoga joylashtirilishi nima sababdan amalga oshirilayotganiga oydinlik kiritmagan.

* * *

Bugun Minskda eng katta namoyish o‘tkazildi. Unda 200 mingdan ortiq aholi ishtirok etdi.

Avvaldan ma’lum qilinganidek, mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Minsk va boshqa shaharlarda amaldagi hukumatga qarshi “Ozodlik marshi” aksiyasi tashkil etildi.

OAVda namoyishda qatnashadiganlar soni 60-100 mingdan oshiq ekani aytilmoqda. “TUT.by” nashri xabariga ko‘ra, namoyishda qatnashish uchun 200 mingdan ortiq odam yig‘ildi. Nashr xabariga ko‘ra, bugungi namoyish mamlakatda davom etayotgan namoyishlarning eng yirigi bo‘lgan.

Meduza xabariga ko‘ra, namoyishchilar Minskdagi Mustaqillik maydonidagi hukumat uyiga qarab yo‘nalgan.

“Ozodlik marshi” hamon davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют