» » Harakatlar strategiyasi BMT vakillari ishtirokida muhokamaga qo‘yildi

Harakatlar strategiyasi BMT vakillari ishtirokida muhokamaga qo‘yildi


Bugun Toshkentdagi Radisson Blu mehmonxonasida Harakatlar strategiyasining O‘zbekistonda 2030-yilga qadar Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishdagi ahamiyati bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi agentliklari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

So‘zga chiquvchilarning Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan dasturiy tadbirlar O‘zbekistonda BMT tomonidan qabul qilingan 17 ta barqaror taraqqiyot maqsadiga erishishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Uning doirasida fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida o‘lchanadigan, xalqaro taqqoslanadigan va natijaga yo‘naltirilgan ko‘rsatkichlardan foydalangan holda monitoring o‘tkazish tizimini kuchaytirish zarurligini ta’kidlandi.

Muhokama yakunlari bo‘yicha 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi rejalarini izchil amalga oshirishga qaratilgan tavsiyalar qabul qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют