» » Rossiya va Belarus harbiylari Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Farg‘onaga yetib keldi (foto)

Rossiya va Belarus harbiylari Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Farg‘onaga yetib keldi (foto)


Farg‘ona xalqaro aeroportida “ArMI–2020” Xalqaro armiya o‘yinlari musobaqasining “Yo‘l patruli” yo‘nalishida ishtirok etadigan Rossiya va Belarus davlatlarining harbiy jamoalari tantanali ravishda kutib olindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mehmonlar munosib hordiq chiqarishlari uchun Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismga joylashtirilgan. Shundan so‘ng mehmonlar uchun tantanali miting va Rossiya hamda Belarus davlat bayroqlarini ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Ta’kidlanishicha, barcha tadbirlar karantin qoidalari asosida o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 3—17-avgust kunlari 10 ta davlat hududida “ArMI–2019” xalqaro armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan edi. Jizzaxdagi “Forish” poligoni birinchi bor “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishiga mezbonlik qilgandi.

Mazkur tadbir doirasida 39 ta davlatdan 32 ta nominatsiyada 222 ta jamoa bellashgan. O‘zbekiston Mudofaa vazirligidan 14 ta jamoa ishtirok etgan edi. “Tank biatloni” va “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida qatnashgan O‘zbekiston jamoasi sovrinli 1-o‘rinni, “Sodiq do‘st”, “Rembat”, “Elbrus halqasi”, “Qo‘shinlar razvedkasi a’lochilari” – 2-o‘rinni hamda “Xavfsiz marshrut”, “Musaffo osmon”, “Yo‘l patruli”, “Dala oshxonasi”, “Artilleriya olovi ustasi” – 3-o‘rinni egallagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 124) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют