» » Lukashenko Belarusni o‘limidan keyin ham hech kimga bermoqchi emas

Lukashenko Belarusni o‘limidan keyin ham hech kimga bermoqchi emas


Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘lgan taqdirida ham mamlakatni hech kimga bermasligini aytdi. U bu haqda o‘zini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan mitingdagi nutqida ta’kidlab o‘tgan.

“O‘limimdan keyin ham kimdir mamlakatni boshqa birovga berib yubormoqchi bo‘lsa, men bunga qarshi chiqaman”, — degan Lukashenko.

“Litva, Latviya, Polsha va afsuski, bizning qondosh Ukraina saylovlarni qaytadan o‘tkazishni talab qilmoqda. Agar biz ularning aytganini qilsak, havo kemasi ishdan chiqadi va uning barqaror ishlashini ta’minlay olmaymiz! Davlat sifatida o‘lamiz, millat, xalq jon beradi”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra 80 foizlik ovoz berish natijalarini qalbakilashtirishning imkoni yo‘q. “Shu yerda va Tangri oldida turib qasam ichaman, saylovlar halol o‘tkazildi”, — degan u.

Lukashenko mitingdagi nutqini quyidagi so‘zlar bilan yakunlagan: “Hayotim davomida ilk bora oldingizda tiz cho‘kib turibman! Siz bunga munosibsiz!”. Keyin u hamma bilan xayrlashib, o‘g‘li Nikolay hamrohligida Hukumat uyiga kirib ketgan.

Tut.by portalining yozishicha, budjetdan maosh oluvchi harbiylar va boshqa davlat xodimlari mitingda qatnashishga majbur qilingan. Ularni ishdan haydash, agar ushbu tadbirda ishtirok etishmasa, rahbariyat o‘zgarsa qamoqqa tushishlari mumkinligini aytib qo‘rqitishgan, bosh tortganlarning ro‘yxati tuzib chiqilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют