Tojikiston Rossiyadagi fuqarolarni olib kelish uchun yana 55 ta charter reysni amalga oshiradi
Tojikiston tashqi ishlar vazirligi Respublika epidemiyaga qarshi kurashish va COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha shtabi tomonidan 16—31-avgust kunlari Rossiyadagi tojikistonliklarni olib kelish uchun qo‘shimcha 55 ta reys amalga oshirilishini ma’lum qildi, deb yozmoqda Asia Plus.
Charter reyslar mahalliy aviakompaniyalar Tajik Air va Somon Air tomonidan amalga oshiriladi va Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Qozon, Krasnodar va Surgut shaharlaridan tojikistonliklarni Dushanbega olib keladi.
Charter reyslar bilan olib kelinadigan Tojikiston fuqarolarining ro‘yxati mamlakatning Moskvadagi elchixonasi va Rossiyada joylashgan bosh konsulxonalardagi shtablar tomonidan tuziladi.
Ro‘yxat tuzishda bemor kishilar, yosh bolali ayollar, keksa yoshdagi insonlar, talabalar va Rossiyaga xizmat yuzasidan borganlarga birlamchi ustuvorlik beriladi.
Tojikiston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomalarga muvofiq vatanga qaytayotganlar COVID-19’ga olingan PZR testi natijasi haqidagi ma’lumotnomaga (hujjat 96 soat, ya’ni 4 sutka o‘z kuchida bo‘ladi) ega bo‘lishi majburiy deb belgilangan.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bunday ma’lumotnomalar talab qilinmaydi. Tojikistonga mazkur ma’lumotnoma bilan kelganlar qayta test topshirmaydi va karantinga olinmaydi.
16—31-avgustda quyidagi yo‘nalishlarda charter reyslar amalga oshiriladi:
16-avgust
17-avgust
18-avgust
19-avgust
20-avgust
21-avgust
22-avgust
23-avgust
24-avgust
25-avgust
26-avgust
27-avgust
28-avgust
29-avgust
30-avgust
31-avgust
Avval Tojikiston Fan va ta’lim vazirligining qaroriga ko‘ra, mamlakatda yangi o‘quv yili har yilgidek 1-sentabrdan emas, balki 17-avgustdan boshlanishi haqida xabar berilgan, shuningdek, Tojikistonda Rossiya tomonidan yaratilgan vaksina bilan birinchi navbatda qandli diabet va astmasi bor bemorlar, nazorat-o‘tkazish punktlarida navbatchilik qilayotgan tibbiyot xodimlari va chegarachilar emlanishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilingandi.
Manba: Daryo.uz