» » O‘zbekistonda 16-avgust kuni 628 kishida koronavirus aniqlandi. Bu oxirgi 3 haftadagi eng past ko‘rsatkich

O‘zbekistonda 16-avgust kuni 628 kishida koronavirus aniqlandi. Bu oxirgi 3 haftadagi eng past ko‘rsatkich


O‘zbekistonda 15-avgust soat 23:30 dan 16-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 628 ta holat qayd etildi. Bu oxirgi 21 kun ichidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 35329 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 628 kishining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 9 ta hududda koronavirus yuqtirib olish holati qayd etildi.

SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar berdi. SSV 12—15-avgust kunlar har kuni 5 nafardan bemor vafot etayotgani haqida xabar bergandi. O‘limlar soni yana 6 taga chiqdi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 66 yoshli M.X. ismli ayol vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli Z.M. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 64 yoshli K.N. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 73 yoshli N.Q. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. SSV Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashagan 51 yoshli G‘.J. ismli erkak vafot etganini xabar qildi. Ma’lum bo‘lishicha, vafot etgan erkak Shofirkon tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi davlat YHXX katta inspektori mayor Jumayev G‘ofurjon Xolmurodovichdir.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi 16-avgust kuni G‘ofurjon Jumayevning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etgandi.

Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 68 yoshli J.S. ismli erkak vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 232 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 241 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4 124 nafar bemordan 813 nafari og‘ir, 234 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

16-avgust kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida 930 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 35329 nafar bemordan 30973 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 87 foizni tashkil etmoqda. Davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha ketma-ket uchinchi kun rekord yangilanmoqda.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют