» » Namangandagi masjidlarda jamoat bo‘lib namoz o‘qishga kirishildi (foto)

Namangandagi masjidlarda jamoat bo‘lib namoz o‘qishga kirishildi (foto)


Namangan viloyatidagi masjidlarda 17 avgust bomdod vaqtidan boshlab jamoat bo‘lib namoz o‘qishga kirishildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Viloyatdagi 187 ta masjidda buning uchun puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Ularning barchasi dezinfeksion to‘shaklar, tana haroratini o‘lchaydigan qurilmalar, antiseptik vositalar bilan ta’minlandi.

Masjidlarda ijtimoiy masofalanishga (1,5-2 metr) imkon beruvchi ajratuvchi chiziqlar tortildi.

Namozxonlar ibodatga tibbiy niqobda kelishiga e’tibor qaratildi. Buni yodidan chiqarganlar uchun esa niqob berilishi yo‘lga qo‘yildi.

“Oradan 5 oy vaqt o‘tib masjidimizda jamoat bo‘lib namoz o‘qishga kirishildi. Buning nechog‘li ulug‘ ne’mat ekanligini o‘tgan muddat mobaynida juda yaxshi anglab yetdik. Shukronasi uchun xatmi Qur’onlar ado etilib, duolarimizda yurtda tinchlik-omonlik hukmron bo‘lishi, virus tahdidi tez orada chekinishi so‘raldi”, — deydi Namangan shahridagi “Shayx Eshon” jome masjidi imom-xatibi Fathiddin Oxunov.

Eslatib o‘tamiz, Namangan viloyatida 16-mart kuni asr namozidan so‘ng barcha masjidlarda karantin sababli diniy marosimlar o‘tkazish vaqtincha to‘xtatilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют