» » COVID-19 koronavirus infeksiyasining qanday paydo bo‘lgani haqida yangi taxmin aytildi

COVID-19 koronavirus infeksiyasining qanday paydo bo‘lgani haqida yangi taxmin aytildi


Yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi 2012-yilda inson organizmiga adaptatsiya bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri virusolog Jonatan Latem va biolog Ellison Uilson farazlariga tayanib xabar qildi.

Tadqiqotchilar Xitoyning Yunnan provinsiyasida ikki hafta davomida tog‘ konini ko‘rshapalaklardan tozalash natijasida kasallangan ishchilarni davolagan shifokorning qaydlarini topgan. Bemorlarda COVID-19’ga xos belgilar kuzatilgan: pnevmoniya, quruq yo‘tal, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar va kuchli isitma. Kasallanganlar o‘pkaga sun’iy havo berish apparatlariga ulangan va olti nafar ishchidan uch kishi vafot etgan.

Konchilarning namunalari Uxandagi laboratoriyaga yuborilgan va u yerda bemorlarning atipik pnevmoniyaga o‘xshash kasallikka chalingani xususida tashxis qo‘yilgan. Tadqiqotchilarning qayd etishicha COVID-19 inson organizmiga moslashgan.

Mavzuga doir: JSST Vyetnamda koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Oxirgi oylarda yang turdagi koronavirusning paydo bo‘lishi haqida turlicha taxminlar ilgari surildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti infeksiyaning yetarli darajada o‘rganilmagani va bu borada xulosa qilishga erta ekanini ma’lum qilgan. Ekspertlarning tadqiqotlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Uxandagi laboratoriyada SARS-CoV-2’ga o‘xshash virus 7 yil davomida saqlab kelingani ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют