» » BMT bosh kotibi Belarusda saylovlardan keyin yuzaga kelgan mojaroni muloqot orqali hal qilishga chaqirdi

BMT bosh kotibi Belarusda saylovlardan keyin yuzaga kelgan mojaroni muloqot orqali hal qilishga chaqirdi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Belarus xalqi fuqarolik huquqlari, shu jumladan, tinch namoyishlar o‘tkazish huquqiga rioya qilish muhimligini ma’lum qildi. U zo‘ravonlikka qarshi chiqdi va mojaroni muloqot orqali hal qilishga chaqirdi.

“Hukumat namoyishlarga javoban bosiqlikni saqlashi lozim. Qo‘lga olinganlarga nisbatan zo‘ravonliklar va boshqa shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lingani haqidagi xabarlar yaxshilab tekshirilishi kerak. Bosh kotib mamlakatda tinchlikni saqlash maqsadida belarusliklarni saylovlardan keyin yuzaga kelgan muammoni muloqot orqali hal qilishga chaqirmoqda”, — deyiladi BMT rasmiy vakili Stefan Juarrikning 14-avgust kuni e’lon qilgan bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9,9 foiz ovoz olgan.

Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlangan. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Namoyishlar vaqtida jami 6 700 kishi politsiya tomonidan hibsga olingan. Ularning aksariyati 13-avgust soat 22:30 da ozodlikka chiqqan bo‘lsa, qolgan qismi 14-avgust tongida ozodlikka chiqishi xabar qilingan.

Ko‘pgina davlatlar, shu jumladan Yevropa Ittifoqi va AQSh saylov jarayoni va mamlakatdagi zo‘ravonlikni qoralagan. Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Belarusga nisbatan sanksiya qo‘llashni bir ovozdan ma’qullagan. Vashington ham bunday imkoniyatni istisno etmagan.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko esa respublikaga qarshi tajovuz boshlanganini hamda norozilik namoyishlari chet eldan uyushtirilayotgani va ularda “katta jinoiy o‘tmishga” ega odamlar ishtirok etayotganini ta’kidlamoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют