» » AQSh Federal zaxira tizimi raqamli dollarlar borasidagi tajribalari haqida ma’lumot berdi

AQSh Federal zaxira tizimi raqamli dollarlar borasidagi tajribalari haqida ma’lumot berdi


AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) taqsimlash reyestrlari va raqamli valyutalarga bog‘liq tadqiqot va tajribalarni o‘tkazmoqda. Bu haqda FZT boshqaruv kengashi a’zosi Leyl Breynardga tayanib, CoinDesk xabar berdi.

Breynardning aniqlik kiritishicha, gap raqamli dollarni ishga tushirish haqida ketmayapti. Biroq CoinDesk’ning ta’kidlashicha, uning mulohazalari FZTning tajribalarida sezilarli yutuqlarga ishora qilmoqda.

Ichki tadqiqotlardan tashqari Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda Markaziy bank tomonidan (AQShda bu vazifani Federal zaxira tizimi bajaradi) foydalanishga mo‘ljallangan gipotetik raqamli valyutalarni yaratish va sinovdan o‘tkazish ustida ham ish olib borilmoqda.

2020-yil boshida AQSh FZT o‘zining raqamli valyutasini chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishni boshlashini ma’lum qilgandi. Xitoy esa 2019-yil oxiridan buyon raqamli yuanni chiqarish ustida ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh federal zaxira tizimi 28—29-aprel kunlari o‘tkazilgan yig‘ilish yakunlariga ko‘ra yillik 0-0,25 foizlik baza stavkasini saqlab qolgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют