» » Leo Messi kelajagi borasida qaror qabul qildi, futbolchi shu yozda “Barselona”ni tark etmoqchi

Leo Messi kelajagi borasida qaror qabul qildi, futbolchi shu yozda “Barselona”ni tark etmoqchi


Hujumchi Lionel Messi shu yozdayoq “Barselona”ni tark etmoqchi, deya xabar qilmoqda Esporte Interativo jurnalisti Marselo Bexler.

Manbada ta’kidlanishicha, hujumchi o‘z qarori borasida rahbariyatni ogohlantirgan va amaldagi shartnomasi tugagunga qadar (2021-yilning yozi) kutib turmoqchi emas.

“Barselona” tizimida faoliyat olib boruvchi manbaning Esporte Interativo’ga aytishicha, Messi klubni tark etishga hech qachon bu qadar dadil kirishmagan. Klubda g‘alabalarga yetaklovchi aniq rejaning yo‘qligi bunga sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ta’kidlash joiz, Bexler Barselonada yashaydi va ishlaydi. Aynan u 2017-yilda Neymarning PSJga o‘tishi haqida xabar qilgandi.

Mundo Deportivo mazkur xabar yuzasidan katalon klubi va futbolchining yaqinlari bilan bog‘langan. Klubdagilar futbolchidan hech qanday xat olinmaganini ta’kidlab, ushbu xabarni inkor etgan. Messining atrofidagi odamlar ushbu ma’lumotlarni tasdiqlamagan.

Avvalroq Messi “Inter” ofisi yaqinidagi tumandan uy sotib olgani xabar qilingandi. Milanliklar futbolchi 260 million yevrolik 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют