» » Abdulaziz Komilov Shveysariya elchisi bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Shveysariya elchisi bilan uchrashdi


2017-yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kоmilov Shveysariya Konfederatsiyasining o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Shtefan Klotzlini qabul qildi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Suhbat davomida elchining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda olib borgan mamlakatimizdagi faoliyati yakunlari sarhisob qilindi.

Vazir Shveysariya elchisiga ikki tomon hamkorligini kengaytirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun tashakkur izhor etdi.

O‘z navbatida Shtefan Klotzli O‘zbekistonda o‘z diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют