» » Toshkent—O‘sh yo‘lida yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashib ketdi (video)

Toshkent—O‘sh yo‘lida yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashib ketdi (video)


Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yuk mashinasi hamda harakatdagi yuk poyezdi ishtirokidagi avariya oqibatlarini bartaraf etdi.

Qayd etilishicha, avtohalokat Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 185-kilometrida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk avtomobili harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotib yuk poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

“Hodisa oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Qamchiq dovonida Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 250,5-kilometrida Isuzu haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Howo’ga borib urilgani, Isuzu haydovchisi va salondagi yo‘lovchi tan jarohati olgani haqida xabar berilgan.

Mavzuga doir: Qamchiq dovonida haydovchining uxlab qolishi oqibatida Isuzu va Sams yuk mashinalari to‘qnashdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют