» » Qon bosimi tushib ketganidan darak beruvchi 9 ta alomat

Qon bosimi tushib ketganidan darak beruvchi 9 ta alomat


Past qon bosimi yoki tabobat tilida gipotoniya yuqori qon bosimi kabi sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Agar qon bosimining pastligi doimiy bo‘lmasa, ammo quyidagi belgilar namoyon bo‘lishni boshlasa, zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish lozim.

Bosh aylanishi

Bosh aylanishi, holsizlik, tana holatining keskin o‘zgarishi – past qon bosimining eng ko‘p uchraydigan alomatlaridan biridir. Agar erta tongdan bosh aylanishi tez-tez kuzatilsa, albatta, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Diqqatni jamlashda qiyinchilik

Stress, bezovtalik va uyqusizlik – bularning barchasi diqqatni jamlashda qiyinchiliklarga olib keladi. Bu esa qon bosimi pasayganining alomati bo‘lishi mumkin. Bunda qon miya hujayralariga yetib bormaydi va inson diqqatini jamlashda muammolarga duch keladi.

Chanqoq

Qancha ko‘p suyuqlik ichilsa ham, chanqoqning qonmasligi past qon bosimining navbatdagi belgisi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, suvsizlanish ham qon bosimining pasaytirib yuborishi amalda kuzatilgan.

Ko‘rish qobiliyatining pasayishi

Bu nafaqat yoqimsiz, balki juda xavfli alomat sanaladi. Ko‘rish qobiliyatining pasayishi qon ta’minotining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Eng yomoni, qon bosimi normal holatga qaytganidan so‘ng ham ko‘rish darajasi o‘zgarmay qolishi ko‘p hollarda kuzatiladi. Shuning uchun imkon qadar bunday paytda shifokor huzuriga borish tavsiya etiladi.

Sovuq va yopishqoq teri

Qon bosimi tushganda tana a’zolarida qon aylanish harakati sekinlashadi, ba’zida ular oyoq va qo‘llar uchiga yetib bormaydi, shuning natijasida tananing muzlashi va yopishqoqlik holati yuz beradi. Hatto tananing rangi ham ko‘kish yoki kulrang bo‘la boshlaydi.

Yurak urishining tezlashishi

Yurak urishi qon bosimi tushib ketgan paytda tezlashib ketadi, sababi yurakka me’yorida qon yetib kelmaydi. Yurak esa qon tanqisligining oldini olishga harakat qiladi. Shuningdek, yurak kasalliklari ham past qon bosimining belgisi hisoblanadi.

Charchoq

Charchoqning kuchayishi, hatto odatdagi harakatlar juda ko‘p energiya talab qilayotgan bo‘lsa, bu turli xil kasalliklar, jumladan, past qon bosimining belgisi bo‘lishi mumkin.  Agar ko‘pdan buyon tez-tez charchash holati kuzatilayotgan bo‘lsa, bu ham shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun bir sabab bo‘ladi.

Depressiya yoki siqilish

Miyaning qon bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi ruhiy tushkunlik alomatlarini boshlanishiga olib keladi. Tadqiqotlar ko‘ra, tushkunlik qon bosimining pasayishini 30% ga oshiradi. Qon bosimiga e’tiborli bo‘lish kerak, u nafaqat jismoniy, balki ruhiy tomondan ham zararli bo‘lishi mumkin.

Ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish

Oshqozon og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish qon bosimi pasayishining “klassik” alomatidir. Bu qon oqimining yetishmasligidan kelib chiqadigan yurak va miya o‘rtasidagi signallar nomuvofiqligi bilan bog‘liq. Agar buning boshqa sababi ayon bo‘lmasa, darhol shifokor ko‘rigida qon bosimini tekshirtirish zarur.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют