» » “Manchester Yunayted” Yevrokuboklarda ketma-ket 3-marta ispan klubi to‘sig‘idan o‘ta olmadi

“Manchester Yunayted” Yevrokuboklarda ketma-ket 3-marta ispan klubi to‘sig‘idan o‘ta olmadi


“Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi yarim finalida “Sevilya”ga yutqazib qo‘ydi (2:1) va musobaqa bilan xayrlashdi.

Shu tariqa mankunianlar ketma-ket uchinchi marta ispan klubiga mag‘lub bo‘lib Yevrokuboklardan chiqib ketdi.

2018/19-yilgi mavsumda “Manchester Yunayted” Chempionlar Ligasi chorak finalida “Barselona”, 2017/18-yilgi mavsum 1/8 finalida esa “Sevilya” to‘sig‘idan o‘ta olmagandi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” 2019/20-yilgi mavsumdagi uchta kubok musobaqasining barchasida yarim finalda o‘z yurishini to‘xtatdi. Avvalroq “qizil iblislar” Angliya Liga Kubogi yarim finalida “Manchester Siti”ga (1:3, 1:0) yengilgan bo‘lsa, Angliya Kubogida “Chelsi” (1:3) qarshiligini sindira olmagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 49) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют