» » Navoiyda loyiha qiymati 6 mln dollar bo‘lgan dam olish maskani ish boshladi

Navoiyda loyiha qiymati 6 mln dollar bo‘lgan dam olish maskani ish boshladi


Navoiy viloyati hududida joylashgan hamda Buxoro—Navoiy viloyatlarini bir-biriga tutashtirib turuvchi yirik To‘dako‘l suv havzasi qirg‘og‘ida zamonaviy dam olish maskani ochildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Laylo Hayitova xabar berdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari hamkorligida o‘tkazilgan Silk Road Family Resort dam olish maskanining ochilish marosimida qo‘mita raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Agzamov qatnashdi.

Buxoro hokimi o‘rinbosari Botir Shahriyorovning ma’lumot berishicha, dam olish maskani Prezidentning 2020-yil 19-iyundagi qaroriga ko‘ra qurilgan bo‘lib, turizm va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirish nazarda tutilgan.

“To‘dako‘l sohili bo‘yida barpo etilayotgan plyaj, dam olish va sog‘lomlashtirish maskani hamda akvaparkning umumiy qiymati 6 million dollarni tashkil etadi. To‘dako‘l qirg‘og‘iga tutash bo‘lgan 15 gektar maydonda mazkur obyektning birinchi bosqichida 500 nafar, ikkinchi bosqichida esa 1500 nafardan ortiq sayyohni qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Bu sayyohlik dam olish maskani ishga tushgach, 150 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan”, — deydi Botir Shahriyorov.

Ta’kidlanishicha, sohilbo‘yi dam olish maskanining qurilish jarayoni 2022-yilda to‘liq yakunlanadi. Maskan to‘liq quvvatda faoliyat yurita boshlasa, dastlabki davrda 4,5 milliard so‘m, keyinchalik esa 40 milliard so‘mgacha daromad olishi kutilmoqda.

Mahalliy aholiga ko‘ra, aslida uzoq yillar e’tibordan chetda, faqatgina qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishga mo‘ljallangan suv havzasi qirg‘oqlarida bunday bunyodkorlik ishlarining bajarilishi ularni quvontiradi.

“Suv ombori uch ming gektar bo‘lib, sohilning ichki o‘rta chuqurligi 4-5 metrga yetadi. To‘dako‘l suvi qishloq xo‘jaligiga moslashtirilgan suv bo‘lib, u Amudaryodan to‘ldiriladi. Amudaryo suvini ushlab turgan mazkur suv ombori orqali paxtazorlarni sug‘orish ishlari bajarilayotgani bois suv hajmi ancha kamaygan”, — deydi Bukhara Brilliant Silk kompaniyasi rahbari, loyiha ta’sischisi Baxtiyor Jo‘rayev.

Baxtiyor Jo‘rayevga ko‘ra, To‘dako‘l suvi toza bo‘lib, undan ichimlik suvi sifatida ham foydalanish mumkin.

“Ayni paytda akvapark, kichik Disneyland, 50 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona, kema ko‘rinishidagi restoran, yozgi terassa, SPA salon, tabiat qo‘ynidagi o‘yingoh, ot sporti maydoni, avtoturargoh qurilishlari davom etmoqda”, — deydi Baxtiyor Jo‘rayev.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют