» » Qanday joylarda koronavirusning tarqalish xavfi yuqori bo‘lishi ma’lum qilindi

Qanday joylarda koronavirusning tarqalish xavfi yuqori bo‘lishi ma’lum qilindi


Tungi klublar, pablar va barlar koronavirusning tarqalishi juda tez sodir bo‘ladigan eng xavfli maskanlar sirasiga kiradi. The Telegraph nashrida chop etilgan materialdagi ekspertlarning aksariyati shunday fikrni ilgari surgan.

Nottingem universitetining molekulyar biologiya bo‘yicha professori Jonatan Bollning aytishicha, ko‘pincha odamlar boshqalar bilan muloqot qilish uchun shunday joylarga boradi va ularda ijtimoiy masofalanish qoidasiga bo‘ysunish deyarli imkonsiz.

Lesterdagi Qirollik shifoxonasi virusologi Julian Tang ham alkogol mahsulotini ichgan odamlar turli me’yorlarni unutib, sarxush holatda nihoyatda erkin bo‘lib qolishini ta’kidlagan.

Shuningdek, nashrdagi maqolada Janubiy Koreyadagi “superyuqtirish” holati misol sifatida eslatilgan. Koronavirusga chalingan erkak bir kechada beshta bar va tungi klublarga borishi oqibatida 100 kishiga COVID-19 yuqtirgan. Ertasi kuni esa COVID-19’ni aniqlash bo‘yicha test topshirgan va unda koronavirus infeksiyasi borligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu voqeadan keyin Seul meri shahardagi barlar va tungi klublarni yopish haqida qaror qabul qilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют