» » Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov ham koronavirusdan davolanib, o‘z ishiga qaytdi

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov ham koronavirusdan davolanib, o‘z ishiga qaytdi


Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov Toshkent shahrida davom etgan ma’lum muddat davolanishdan so‘ng to‘liq sog‘ayib, o‘z faoliyatini davom ettirishga kirishdi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qobul Tursunov viloyat hokimligining mas’ul xodimlari — hokim o‘rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, guruh rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar bilan o‘tkazgan dastlabki yig‘ilishida hududlarda olib borilayotgan islohotlarni davom ettirish hamda yangi bosqichga olib chiqish, aholi orasida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq har qanday muammolarni oqilona bartaraf etish yo‘llari borasida o‘z taklif va tavsiyalarini bildirgan.

“Pandemiyani jilovlash jarayonlarida birinchi navbatda aholi salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, har tomonlama murakkab sharoitda iqtisodiy-ijtimoiy sohalarning barcha bo‘g‘inlarida barqaror ish tizimini ta’minlashda mavjud kuch va imkoniyatlarni to‘laqonli safarbar etish davr talabidir”, — degan yig‘ilishda Tursunov.

31-iyul kuni Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati Qobul Tursunovning malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan SSV tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan standartlar asosida koronavirusdan davolash kurslarini o‘tayotganini xabar bergan edi.

Avvalroq Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan sog‘ayib, o‘z ishiga qaytgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bobolov koronavirusdan sog‘aygan birinchi viloyat rahbari bo‘ldi. Hozirgi kunda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov ham Toshkentda koronavirusdan davolanishda davom etmoqda.

Mavzuga doir: Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirusga chalinganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют