» » O‘zbekistondagi koloniyalarda qancha mahkum saqlanayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi koloniyalarda qancha mahkum saqlanayotgani ma’lum qilindi


Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiri bilan suhbatda jazoni ijro etish tizimidagi mahkumlar sonini ma’lum qildi.

Po‘lat Bobojonovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, jinoyat va jinoyat-ijroiya qonunchiligining liberallashtirilishi natijasida so‘nggi o‘n yillikda jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar soni keskin qisqardi. Real holatga ko‘ra, bugungi kunda jazoni ijro etish tizimidagi mahkumlar soni 22,9 ming nafarni tashkil etib, har 100 ming aholi soniga nisbatan 67 nafar shaxs to‘g‘ri keladi.

Londonda joylashgan Qamoqxonalarni tadqiq qilish xalqaro markazi tomonidan 2019-yilda e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 150 nafar jazo o‘tayotgan shaxs to‘g‘ri kelishi, tizimda 43,9 ming nafar shaxs saqlanayotganligi ko‘rsatilib, O‘zbekiston bu borada 222 davlat ichida 105-o‘rinni egallagan.

“Ushbu ma’lumotlarning ochiqlanishi O‘zbekistonning mazkur ro‘yxatdagi ko‘rsatkichi 70 pog‘onaga yaxshilanishini ko‘rsatadi. Hozirda IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tasarrufida 43 jazoni ijro etish muassasasi va 11 tergov hibsxonasi mavjud. Muassasalarning 18 tasi yopiq turdagi koloniya va 25 tasi manzil-koloniya hisoblanadi. Jazoni ijro etish tizimidagi koloniyalarning sig‘imiga nisbatan saqlanayotganlar ko‘rsatkichi 56,4 foizni tashkil qilmoqda”, — dedi IIV rahbari.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda uch yilda salkam 2 ming mahbus afv qilinib, ozodlikka chiqarildi

Jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bundan buyon rasmiy saytlarda e’lon qilib boriladi. Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasidagi o‘lim holatlari hamda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llaniladigan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham endilikda maxfiy sanalmaydi.

“Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, jazoni ijro etish muassasalariga qarashli korxonalarda 100 dan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Mehnatga layoqatli mahkumlarning 80 foizga yaqini foydali mehnatga jalb etilgan. 2019-yil va joriy yilning o‘tgan davri davomida 3 ming 559 yangi ish o‘rni yaratilib, 1 ming 352 nafar mahkum mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitildi va ularga tegishli sertifikatlar berildi”, — dedi u.

Vazirning qayd etilishicha, 2020-yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida shunday korxonalar tomonidan 100,4 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Ishlayotgan har bir mahkumga o‘rtacha 700-800 ming so‘m, ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha esa, 1,5-2 million so‘mgacha oylik maosh berilmoqda.

“E’tibor bergan bo‘lsangiz, shu paytgacha sir tutib kelingan ma’lumotlar maxfiylikdan chiqarildi. Bir so‘z bilan aytganda, endilikda jazoni ijro etish tizimida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik amalda ta’minlanadi”, — deydi Po‘lat Bobojonov.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют