» » Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmi suratga olish jarayonida avariyaga uchradi

Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmi suratga olish jarayonida avariyaga uchradi


Amerikalik aktyor Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmida, tryuk bajarayotganda avariyaga uchradi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.

Ssenariyga ko‘ra, aktyor tasvirga olishda kaskadyor xizmatidan foydalanmaslikni va tryuklarni o‘zi bajarishni afzal ko‘rgan. Mototsiklni binoning bir tomidan boshqasiga o‘tkazish kerak edi, biroq bu muvaffaqiyatsiz kechdi. Tezlikni oshirish paytida transport vositasi sekinlasha boshlagan va tomga ucha olmagan.

Kruz sug‘urta qilingan va hodisa oqibatida jabrlanmagan. Biroq 2,6 million dollarlik mototsikl yonib ketgan.

Rejissor Kristofer Makkuorrining “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmi 2021-yil 18-noyabrda ekranga chiqishi rejalashtirilgan.

Kruz 2017-yil avgustda “Uddalab bo‘lmas topshiriq-6” filmining Londonda tasvirga olish jarayonida ham jarohat olgan edi. U qurilish narvonidan qo‘shni uy tomiga sakrab o‘tishi kerak bo‘lgan, ammo u uchmagan va bino devoriga urilgan. Kruz o‘zi xavfsizlik simlari yordamida tomga chiqqan, keyin uni suratga olish maydonidan olib ketishgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют