» » Fransiyada karantin yumshatilganidan so‘ng COVID-19’ga chalinish bo‘yicha kunlik kasallanishlar soni oshdi

Fransiyada karantin yumshatilganidan so‘ng COVID-19’ga chalinish bo‘yicha kunlik kasallanishlar soni oshdi


Fransiyada so‘nggi sutkada 3310 kishida koronavirus aniqlandi. Bu may oyida karantin yumshatilganidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich. “Korrespondent.net”ning yozishicha, bu haqda 16-avgust kuni Jamoat sog‘lig‘i agentligi ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Fransiyada kasallikning 17 ta yangi o‘choqlari aniqlandi.

Xabarda aytilishicha, ushbu holat mamlakatning 23 ta departamenti uchun xavfli, 20 tasi uchun o‘rtacha xavfli, 3 ta departamenti uchun esa o‘ta xavfl hisoblanadi.

Vaziyatning yanada yomonlashishining oldini olish maqsadida Fransiya aholisi ehtiyot choralariga amal qilish, xususan, niqob taqish va masofa saqlashga chaqirilgan.

Eslatib o‘tamiz, niqob taqmaganlik uchun parijliklar jarimaga tortiladi. Ko‘chada niqobsiz yurgan mamlakat aholisi va mehmonlar 135 yevro jarima to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Italiyada COVID-19’ga chalinganlar soni oshgani sababli 17-avgustdan karantin cheklovlari kuchaytirilgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Fransiyada karantin vaqtida jinoyatlar soni keskin kamaygani ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют